Toshkent xalqaro investitsiya forumi (inglizcha: Tashkent International Investment Forum, qisqacha, TIIF) — har yili O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan yirik xalqaro biznes va investitsiya anjumani. Forumda turli mamlakatlardan investorlar, hukumat delegatsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlar, biznes va siyosat yetakchilari ishtirok etadi. Forum O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilganTashkent International Investment Forum — Rasmiy sayt . Qaraldi: 2025-yil 12-iyun..

Tarixi

TIIF birinchi marta 2022-yilning 24–26-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ediTergov.uz: Forumga tayyorgarlik bo‘yicha prezident qarori (2020-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 12-iyunhttps://president.uz/uz/lists/view/5006 Prezident rasmiy sayti, 2022 . Qaraldi: 2025-yil 12-iyun.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti: TIIF ochilish marosimi (24-mart 2022) . Qaraldi: 2025-yil 12-iyun. Bu forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yangi investitsiya siyosatini xalqaro hamjamiyatga taqdim etish va mamlakat iqtisodiy islohotlariga xorijiy investorlarni jalb qilishni ko‘zda tutgan.

Keyingi yillarda forum muntazam ravishda o‘tkazilib, xalqaro maydondagi nufuzini oshirdi. 2023-yilda boʻlib o‘tgan ikkinchi forumda 2 500 dan ortiq ishtirokchiGazeta.uz: TIIF 2024 — 2,5 mingdan ortiq ishtirokchi, 93 mamlakat (3-may 2024) . Qaraldi: 2025-yil 12-iyun qatnashgan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 3 000 dan oshdiLex.uz: Prezident qarori PQ-179-son (2024-yil 25-aprel) . Qaraldi: 2025-yil 12-iyun. 2025-yilgi to‘rtinchi forum 10–12-iyun kunlari bo‘lib o‘tadiDaryo.uz: 4-TIIF ochilishi (10-iyun 2025) . Qaraldi: 2025-yil 12-iyunPRNewswire: TIIF 2025 Opens in Uzbekistan (11-iyun 2025) . Qaraldi:2025-yil 12-iyun.

Maqsadi

Forumning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

• O‘zbekiston iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini namoyish etish;

• Xalqaro biznes hamjamiyatiga islohotlarning mazmuni va natijalarini tushuntirish;

• Xorijiy investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etish;

• O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan investorlar va yuqori tajribali investorlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash.

Ishtirokchilar

TIIF’ning har bir sessiyasida 80 dan ortiq davlat vakillari, xalqaro kompaniyalar va moliyaviy institutlar ishtirok etadi. Ularga quyidagilar kiradi:

• Davlat rahbarlari va hukumat delegatsiyalari (Bolgariya, Slovakiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqalar);

• Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), BRICS Yangi taraqqiyot banki (NDB) kabi tashkilotlar;

• Energetika, sanoat, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, moliya, infratuzilma va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi transmilliy kompaniyalar.

Tadbirlar dasturi Forum doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

• Plenar sessiyalar — O‘zbekiston rahbariyati va xalqaro yetakchilarning nutqlari;

• Panel muhokamalari — sektorlar bo‘yicha yondashuvlar, ilg‘or amaliyotlar, xatarlar va imkoniyatlar tahlili;

• Investitsiya loyihalarining taqdimotlari;

• “B2B” va “G2B” uchrashuvlar;

• Maxsus ko‘rgazmalar (masalan, •“O‘zbekistonning sanoat va investitsiyaviy salohiyati” ko‘rgazmasi);

• Imtiyozli hududlar, erkin iqtisodiy zonalar va “Yangi Toshkent” loyihasiga oid sessiyalar.

Kutilayotgan natijalar Forum davomida ko‘plab strategik bitimlar, hamkorlik memorandumlari imzolanadi. Yaqin yillarda umumiy qiymati milliardlab AQSh dollariga teng bo‘lgan investitsiya shartnomalari tuzilganKun.uz: 2023-yilgi TIIFda 11 mlrd $ bitimlar imzolandi (28-aprel 2023) . Qaraldi: 2025-yil 12-iyun. TIIF nafaqat, O‘zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim tarixiy voqea sifatida baholanmoqda.

Mediada yoritilishi

TIIF O‘zbekiston va xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritiladi. “UzReport”, “Dunyo”, “Forbes”, “Financial Times” kabi nashrlar forumga oid materiallarni chop etadi. Shuningdek, forumning rasmiy veb-sayti orqali tadbirlar onlayn translyatsiya qilinadi.

Rasmiy manbalar

— Forumning rasmiy sayti

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Manbalar