thumb|right|250px|Iroqning Kurdiston mintaqasidagi Arbil shahrida joylashgan Ibn al-Mustavfiyning haykali. Muborak ibn Ahmad Sharafiddin ibn al-Mustavfiy al-Lahmiy al-Irbiliy (, 1169—1239) Arbilning mashhur musulmon tarixchisi, qadimiy Erbil qal’asida tavallud topgan. Bir nechta sohalar, jumladan tarix, adabiyot va til boʻyicha asarlar yozgan. Shoh asari Erbil tarixiga oid toʻrt jildli kitobdirIbn al-Mustawfī, Sharaf al-Dīn Abū'l-Barakāt Ahmad. Tārīkh Irbil: al-musammā Nabāhat al-balad al-Khāmil bi-man waradahu min al-amāthil. Edited by Sāmī ibn al-Sayyid Khammās al-Saqqār. 2 vols. Baghdad: Dār al-Rashīd li'l-Nashr 1980.. Biografiyasi Al-Mustavfiy Erbil qalʼasida tugʻilib, rahbar va olim oilasida ulgʻaygan. Otasi va amakisidan taʼlim olgan. Otasi uning bilimini oshirish uchun Erbil shahrining olimlariga murojaat qilgan. Notiqlik sanʼati va ushbu sanʼat bilan bogʻliq barcha ilmlarni oʻzlashtirdi. Shuningdek, til va adabiyotga ham qiziqish bildirgan.
Al-Mustavfiy Erbil shahrida shoir va vazir boʻlib, Sulton Salohiddin hukmronligi davrida Erbil noibi boʻlgan, keyinchalik esa Erbilning mustaqil hukmdoriga aylangan Muzaffariddin Goʻkboʻrining vaziri lavozimini egallaganEncyclopaedia of Islam, 'Begteginids': Encyclopaedia of Islam [spelling not a typo or incorrect], Second Edition First published online: 2012, P. Bearman, Th. Bianquis, C.E. Bosworth, E. van Donzel and W.P. Heinrichs (eds.), Brill, Leiden, Online version: section on the Begteginids First published online: 2012. First print edition (1960-2007): .
Ibn al-Mustavfiy 1236-yilda Goʻkboʻrining vafoti hamda moʻgʻullar Erbilni bosib olgach, Mosulga koʻchib oʻtib, umrining oxirigacha, ya’ni 1239-yilgacha shu yerda istiqomat qildi. Asarlari Tārīkh Irbil: al-musammā Nabāhat al-balad al-Khāmil bi-man waradahu min al-amāthil, toʻrt jildli. Kitob an-Nizom fi shiar al-Mutanabbi va abi Tammam, oʻn jildli. Kitob isbat al-muhasaal fi nisbat abyat al-mufasaal, ikki jildli. Kitab sr al-Sanaa Kitab aba qimash, koʻplab badiiy asarlar va rivoyatlar toʻplami. Kitab Ahkom an-Nijoom Shuningdek, sheʼrlar toʻplami ham mavjudAhmad al-Ghazali, Remembrance, and the Metaphysics of Love. Manbalar
Turkum:1169-yilda tugʻilganlar Turkum:1239-yilda vafot etganlar Turkum:12-asr arab tilli shoirlar Turkum:Hadisshunoslar Turkum:13-asr arab tilli shoirlar