Elizabeth Marks (1990-yil 7-avgustda tugʻilgan) – birinchi toifali serjant, 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha amerikalik paralimpiyachi.
Yoshlik yillari Marks Vetnam urushi paytida xizmat qilgan AQSh dengiz piyoda faxriysi James Marksning qizi boʻlgan. U 16 yoshida oʻrta maktabni tugatgan, shundan soʻng Arizonadagi jamoat kollejiga oʻqishga kirgan.
Marks 2008-yil iyul oyida 17 yoshida AQSh armiyasi tarkibiga qoʻshilgan va 68 Vt harbiy kasbiy ixtisoslikni olgan, sogʻliqni saqlash boʻyicha mutaxassis. 2010-yilda Iroqda kechgan Iroq urushi davomida u ikkala son suyagidan ham jarohat olgan va nogiron boʻlib qolgan.
Marks turmushga chiqqach, oʻsha paytda Elizabeth Wasil nomi bilan tanilgan. Avval Germaniyada, soʻngra AQShning Texas shtati San Antonio shahri Fort Sam Houston hududida joylashgan Brooke Harbiy Tibbiyot Markazida (BAMC) davolanib, jarohatlari tuzalib ketgan>.
Dastlab armiya shifokorlari uni xizmatga yaroqsiz deb topishi mumkinligi taxmin qilingan boʻlsa-da, Marks oʻz oldiga yana xizmatga qaytishni maqsad qilib qoʻydi. U BAMCda boʻlganida jismoniy terapiya bilan birga yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi mashqlarni bajarish uchun suzish bilan shugʻullana boshladi va 2012-yil 3-iyulda „xizmatga yaroqli“ tasnifini oldi.
Karyerasi Marks 2012-yil iyul oyida AQSh armiyasining „Dunyo darajasidagi sportchilar dasturi“ga qoʻshilganidan koʻp oʻtmay, suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok eta boshladi. left|thumb|Marks Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkazilgan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirok etmoqda 2014-yilda boʻlib oʻtgan Invictus oʻyinlari vaqtida Marks ogʻir nafas yoʻllari infeksiyasiga chalinib, Buyuk Britaniyadagi Papworth kasalxonasida shifokorlar uni bir oy davomida sunʼiy ravishda koma holatida ushlab turishga majbur boʻlishdi. Ushbu infeksiya natijasida Marksning oʻpka sigʻimi qisqardi, uzoq davom etadigan jismoniy mashqlar uning koʻrish qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi>.
Marks 2015-yilda boʻlib oʻtgan Harbiy Jahon oʻyinlarida oltin medalni, 2016-yilgi Invictus oʻyinlarida esa 4 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Taqdirlash marosimidan soʻng, unga oltin medallarni topshirgan shahzoda Harry bilan suhbatda Marks oʻzining Invictus oʻyinlarida qoʻlga kiritgan oltin medallaridan birini uning hayotini saqlab qolgan Papworth kasalxonasi shifokori va hamshiralariga topshirishni iltimos qildi. U 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun oʻtkazilgan AQSh saralash bosqichida 1:28.54 natija bilan musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ushbu natija jahon rekordidan atigi 0.01 soniyaga ortda edi. Paralimpiadada esa u individual bahslarda bitta oltin medal, estafeta bahslarida esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2021-yil iyun oyida AQSh Tokio shahrida oʻtkaziladigan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga boradigan 34 nafar para suzuvchilarning nomlarini eʼlon qildi. Ayollar jamoasi tarkibidan Marks, Jessica Long, McKenzie Coan, Rebecca Meyers va Mallory Weggemannlar oʻrin oldi.
2022-yil 14-aprel kuni Marks AQSh nomidan 2022-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi sportchilar tarkibga kiritildi. 2023-yil 29-aprelda esa u yana AQSh terma jamoasi tarkibida 2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida qatnashish uchun tanlab olindi.
Shaxsiy hayoti Marks AQSh armiyasining sobiq portlovchi moddalarni yoʻq qilish boʻyicha mutaxassisi Mason Heibelga turmushga chiqqan.
Tan olinishi 2016-yilda Marks ESPY mukofotlari doirasidagi xizmatlari uchun beriladigan Pat Tillman mukofoti bilan taqdirlangan. 2022-yil holatiga koʻra, u ushbu mukofotni olgan yagona xizmatdagi harbiy xodim boʻlib qolmoqda.
Manbalar
Turkum:21-asr amerikalik sportchi ayollar Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar