Kiatisuk Senamuang (1973-yil 11-avgustda tugʻilgan) — tailandlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Kiatisuk muxlislar tomonidan „Tailanndlik Ziko“ laqabini olgan. Futbolchhi sifatidagi oʻn sakkiz yillik faoliyati davomida Kiatisuk hujumchi pozistiyasida oʻynagan. Bu davrda 339 ta oʻyinda 251 ta gol urgan. Sobiq hujumchi Tailand ,Malayziya, Singapur, Angliya va Vyetnam klublarida oʻynagan. Kiatisuk, shuningdek, 1992-yildan 2007-yilgacha Tailand terma jamoasi safida 131 ta oʻyin oʻtkazib, 70 ta gol urgan.

2014 va 2017-yillar oraligʻida Kiatisuk Tailand milliy terma jamoasi (2013—2016) va Tailand U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

Kiatisuk Dhurakij Pundit universitetida biznes boshqaruvi bakalavri va Chandrakasem Rajabhat universitetida biznes boshqaruvi magistri darajasiga ega.

Futbolchilik faoliyati Klubdagi faoliyati Kiatisuk Senamuang 1999-yilda Angliyaning „Huddersfield Town“ klubi tarklif etilgan, ammo klub tarkibida birorta oʻyinda maydonga tushmagan. Klubning oʻsha paytdagi murabbiyi Steve Bruce bu transferni shunchaki reklama hiylasi deb hisoblagan. Bir mavsumdan soʻng, u „Huddersfield Town“ning asosiy jamoasida maydonga tushmaganidan soʻng, Kiatisuk ingliz futbolini tark etgan va Tailandning Rajpracha klubi bilan shartnoma imzolagan. 2001-22-yilgi mavsumda Singapur Qurolli Kuchlari futbol klubi tarkibiga oʻtgan. Singapurdagi faoliyati davomida 20 oʻyin oʻtkazib 15 ta gol urgan. 2002-yil mart oyida Vyetnamning Hoang Anh Gia Lai klubi bilan shartnoma imzolagan. Vyetnamdagi faoliyatida bir necha bor V.Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati Kiatisuk terma jamoa safida 131 ta oʻyin oʻtkazib, 70 ta gol urgan. Ikkala koʻrtsatkichga koʻra Kiatisukning natijalari Tailand milliy rekordlari hisoblanadi.

Murabbiylik faoliyati

Terma jamoa murabbiyi 2013-yil yanvarda Kiatisuk Tailand U-23 terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan. 12-yanvarda 1-divizion jamoasi Ayutthaya F. C.ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, debyutini muvaffaqiyatli boshlagan„ซิโก้“ยิ้มซีเกมส์เปิดตัวสวยอุ่นซิวชัยกรุงเก่า1-0 .

2013-yil iyunda Kiatisuk Winfried Schaefer oʻrniga Tailand milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangann. Uning „Urush fillari“ jamoasining bosh murabbiyi sifatidagi debyuti 2013-yil 15-iyunda Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boʻlib oʻtgan va tailandliklar 5:1 hisobida gʻalaba qozonishgan. Kiatisuk shuningdek, 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan Tailand U-23 terma jamoasining bosh murabbiyi vazifasini ham bajargan.

Tailand U-23 jamoasi bosh murabbiyi sifatida Kiatisuk jamoani 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida oltin medal olishida hissa qoʻshgan. Bu turnirdagi oltin medal 1993-yildan 1999-yilgacha ketma-ket toʻrt marotaba futbolchi sifatida qoʻlga kiritgan toʻrtta oltin medaliga qoʻshimcha boʻlgan. Uning murabbiyligidagi jamoa 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida yarim finalga qadar yetib borgan va jamoa 4-oʻrinni egallagan.

2014-yilda Osiyo oʻyinlaridagi muvaffaqiyati tufayli Kiatisuk Tailand terma jamoasi 2014-yilgi AFF chempionatida ishtirok etishidan avval doimiy bosh murabbiyi etib tayinlangan. U asosan oʻzining sobiq U-23 jamoasining yosh oʻyinchilaridan foydalanib, Tailandni finalda Malayziyaga qarshi umumiy hisobda 4:3 gʻalabaga olib keldi va shu tariqa ham futbolchi, ham murabbiy sifatida AFF chempionatida gʻolib chiqqan ilk shaxsga aylangan.

2015-yilda 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining ikkinchi bosqichida Tailand Iroq, Vyetnam va Xitoy Taypeyi bilan bir guruhga tushgani. Kiattisuk rahbarligida jamoa oltita oʻyinda 14 ochko toʻplab, guruh gʻolibi boʻldi. Shunday qilib, Tailand saralashning yakuniy bosqichiga yoʻl oldi.

2016-yilda Kiatisuk amaldagi chempion sifatida 2016-yilgi AFF chempionatida Tailand terma jamoasini boshqargan. Final yoʻlidagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozongan Tailand 14-dekabr kuni finalning birinchi oʻyinida Indoneziyaga qarshi Pakansari stadionida 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Shunga qaramay, Tailand Rajamangala stadionida 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qaytarib olishga muvaffaq boʻldi va 2016-yil 17-dekabrda beshinchi mintaqaviy chempionlik sovrinini qoʻlga kiritgan. Kiattisuk Peter Withe va Radojko Avramovićdan keyin AFF chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan uchinchi murabbiy boʻlgan.

Kiatisuk Jahon chempionati saralashining soʻnggi bosqichida Tailand terma jamoasini boshqarishda davom etgan. Biroq u saralashning yettita oʻyinida bor-yoʻgʻi bir ochko jamgʻarishgan. 2017-yilning 28-martida Saitama Stadium 2002da Yaponiyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan uch kun oʻtib, Kiatisuk toʻrt yillik boshqaruvidan soʻng terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidan isteʼfoga chiqqan.

Milliy terma jamoadagi faoliyatidan soʻng, Kiatisuk 2017-yilda Tailand T1 ligasi klubi Port FCni boshqargan, ammo yomon natijalar tufayli isteʼfoga chiqqan'ซิโก้' ประกาศลาออก หลังคุมการท่าเรือ พ่ายชลบุรี 1-3.

Shaxsiy hayoti Kiatisuk Udon Thani shahrida tugʻilgan. Tailanddagi koʻplab tailandliklar singari buddizmga eʼtiqod qiladi. Professional futbolchi boʻlishidan avval politsiyachi boʻlib ishlagan, ammo har doim futbolga mehr qoʻygan.

Unga doʻstlari tomonidan Braziliyalik mashxur futbolchi Zico sharafiga Zico taxallusi berilgan.

Uning uchta qizi bor, ularning ismlari Pert, Proud va Pearl.

Faoliyat statistikasi Terma jamoadagi gollar + Kiatisuk Senamuang tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati № Sana Stadion Raqib Hisob Natija1. 1993-yil 11-aprel Kobe, Yaponiya 1–0 1994-yilgi jahon chempionati saralashi2. 1993-yil 5-may Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 4–1 1994-yilgi jahon chempionati saralashi3. 1993-yil 7-iyun Singapore 2–0 1993-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari4. 1993-yil 13-iyun Singapore 4–1 1993-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari5. 1993-yil 20-iyun Singapore 4–3 1993-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari6. 1994-yil 9-oktyabr Hiroshima, Yaponiya 1–1 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari7. 1995-yil 12-dekabr Chiangmay, Tailand 9–0 1995-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari8.9. 1996-yil 16-fevral Bangkok, Tailand 5–2 1996-yilgi Qirol kubogi10. 1996-yil 27-iyun Bangkok, Tailand 8–0 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi11.12. 1996-yil 29-iyun Bangkok, Tailand 5–1 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi13. 1996-yil 7-iyul Singapore 7–1 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi14.15. 1996-yil 9-iyul Singapore 2–2 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi16. 1996-yil 2-sentyabr Singapore 5–0 1996-yilgi AFF chempionati17. 1996-yil 6-sentyabr Singapore 6–0 1996-yilgi AFF chempionati18. 1996-yil 8-sentyabr Singapore 1–1 1996-yilgi AFF chempionati19. 1996-yil 13-sentyabr Singapore 4–2 1996-yilgi AFF chempionati20. 1996-yil 15-sentyabr Singapore 1–0 1996-yilgi AFF chempionati21. 1996-yil 8-dekabr Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 1–3 1996-yilgi Osiyo kubogi22. 1997-yil 15-mart Bangkok, Tailand 3–1 Oʻrtoqlik23.24. 1997-yil 7-oktyabr Jakarta, Indoneziya 6–0 1997-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari25.26. 1997-yil 12-oktyabr Jakarta, Indoneziya 4–0 1997-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari27. 1997-yil 16-oktyabr Jakarta, Indoneziya 2–1 1997-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari28.29. 1998-yil 22-mart Bangkok, Tailand 1–0 Oʻrtoqlik30. 1998-yil 21-oktyabr Bangkok, Tailand 3–3 Oʻrtoqlik31. 1998-yil 2-dekabr Bangkok, Tailand 5–0 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari32.33. 1998-yil 14-dekabr Bangkok, Tailand 2–1 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari34. 1999-yil 23-fevral Bangkok, Tailand 2–2 1999-yilgi Qirol kubogi35. 1999-yil 16-iyun Bangkok, Tailand 2–2 Friendly Tournament36.37. 1999-yil 30-iyul Bandar-Seri-Begavan, Bruney 9–0 1999-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari38.39.40.41. 1999-yil 1-avgust Bandar-Seri-Begavan, Bruney 4–1 1999-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari42. 1999-yil 8-avgust Bandar-Seri-Begavan, Bruney 7–0 1999-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari43.44. 2000-yil 6-noyabr Chiangmay, Tailand 3–1 2000-yilgi AFF chempionati45. 2000-yil 10-noyabr Chiangmay, Tailand 4–1 2000-yilgi AFF chempionati46. 2000-yil 12-noyabr Chiangmay, Tailand 2–0 2000-yilgi AFF chempionati47. 2000-yil 16-noyabr Chiangmay, Tailand 2–0 2000-yilgi AFF chempionati48. 2001-yil 23-yanvar Bangkok, Tailand 5–4 Oʻrtoqlik49.50.51. 2001-yil 17-fevral Bangkok, Tailand 2–0 2001-yilgi Qirol kubogi52.53. 2001-yil 13-may Bayrut, Livan 4–2 2002-yilgi jahon chempionati saralashi54.55. 2001-yil 17-may Bayrut, Livan 2–1 2002-yilgi jahon chempionati saralashi56. 2001-yil 26-may Bangkok, Tailand 3–0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi57.58. 2001-yil 28-may Bangkok, Tailand 6–0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi59.60.61.62. 2001-yil 13-avgust Singapore 5–0 Oʻrtoqlik63.64. 2001-yil 6-sentyabr Manama, Bahrain 1–1 2002-yilgi jahon chempionati saralashi65. 2002-yil 18-dekabr Singapore 5–1 2002-yilgi AFF chempionati66.67.68. 2004-yil 31-mart Sano, Yaman 3–0 2006-yilgi jahon chempionati saralashi69. 2004-yil 9-iyun Bangkok, Tailand 1–4 2006-yilgi jahon chempionati saralashi70. 2006-yil 26-dekabr Bangkok, Tailand 2–0 2006-yilgi Qirol kubogi71.2015-yil 7-oktyabr holatiga koʻraKiatisuk Senamuang — Century of International Appearances

Murabbiylik statistikasi

+ Jamoalardagi murabbiylik natijasiJamoaDavBoshlangan davrYakunlangan davrNatijalar Hoàng Anh Gia Lai2006-yil 1-yanvar2006-yil 30-iyunChula Sinthana2008-yil 1-yanvar2008-yil 30-noyabr Chonburi2009-yil 1-yanvar2009-yil 30-noyabrHoàng Anh Gia Lai2010-yil 1-yanvar2010-yil 30-noyabrChula United2010-yil 9-dekabr2012-yil 21-mayBangkok2012-yil 20-iyun2012-yil 31-dekabrTailand U232013-yil 12-yanvar2016-yil 22-dekabrTailand 2013-yil 1-may2013-yil 30-iyunTailand 2014-yil 10-fevral2017-yil 31-martPort2017-yil 23-iyun2017-yil 20-sentyabrHoàng Anh Gia Lai2020-yil 20-noyabr2024-yil 11-yanvarCông An Hà Nội2024-yil 16-yanvar2024-yil 14-mayUmumiy faoliyat statistikasi Penaltilar seriyasi natijasida qozonilgan gʻalaba yoki magʻlubiyat durang sifatida hisobga olinadi. Kiatisuk Senamuang vaqtinchalik menejer sifatida jamoani bir marta boshqargan. Tailand uchun faqat FIFA tasdiqlagan oʻyinlar hisobga olinadi.

Yutuqlari

Futbolchi Tailand AFF Chempionati: 1996, 2000, 2002 Dengiz oʻyinlari oltin medali: 1993, 1995, 1997, 1999 Qirol kubogi: 1994, 2000, 2006 Indoneziya mustaqillik kubogi: 1994 Osiyo oʻyinlari toʻrtinchi oʻrin: 1998, 2002

Krung Thai Bank Kor Qirol kubogi: 1989 Khǒr Qirol kubogi: 1993

Singapore Armed Forces S.Liga: 2002

Hoang Anh Gia Lai V.Liga 1: 2003, 2004 Vyetnam Superkubogi: 2003, 2004

Individual AFF chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2000 V.Liga 1 yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 2003, 2004 OFK Osiyo yulduzlari: 2000

Murabbiy Tailand AFF chempionati: 2014, 2016 Qirol kubogi: 2016

Tailand U-23 Dengiz oʻyinlarida oltin medal: 2013 Osiyo oʻyinlari toʻrtinchi oʻrin: 2014

Chonburi Kor Qirol kubogi: 2009

Hoang Anh Gia Lai Vyetnam milliy kubogida ikkinchi oʻrin: 2010 Quang Trung imperator kubogi: 2022

Individual ASEAN futbol federatsiyasida yilning eng murabbiyi: 2015, 2017 V.Liga 1 oyning eng yaxshi murabbiyi: 2021-yil yanvar, 2021-yil mart, 2021-yil aprel, 2022-yil iyul

Yana qarang Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati Xalqaro maydonda 50 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar ro‘yxati Eng koʻp xalqaro gol urgan erkak futbolchilar roʻyxati (davlatlar kesimida)

Manbalar

Havolalar Muxlislar sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Tailandlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Huddersfield Town A.F.C. futbolchilari Turkum:Warriors FC futbolchilari Turkum:Perlis F.A. futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Singapurdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Singapur Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Tailandlik futbol murabbiylar