Farfel (idish: פֿאַרפֿל, farfl; oʻrta yuqori nemis tilidagi varveln soʻzidan) – kichik granulalar yoki yulka shaklidagi, ashkenaz yahudiy taomlarida ishlatiladigan pasta. U yahudiy tuxumli lagʻmon xamiridan tayyorlanadi va koʻpincha pishirishdan oldin qovurib olinadi. Shoʻrvalar tarkibida yoki garnir sifatida tortilishi mumkin. Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa u doʻkonda oldindan qadoqlangan holda tuxumli arpa nomi bilan ham uchraydiNathan, Joan. Jewish Cooking in America, Knopf: New York. 1994 (Pp. 286-87).

Don mahsulotlariga oid oziq-ovqat qoidalari amal qilinadigan yahudiy bayrami – Pesax chogʻida tuxumli lagʻmon oʻrnini „matsa farfel“ egallaydi. Matsa farfel bu – oddiygina mayda boʻlaklarga boʻlingan matsadir.

Hasidchilik harakati asoschisi, Bal Shem Tov har juma kechasi farfel yegani aytiladi, chunki bu soʻz tugab, yakunlangan maʼnosidagi farfaln soʻziga oʻxshash. U bu lagʻmonni eski haftaning nihoyasini ifodalaydi, deb hisoblaganJewish Soul Food: Traditional Fare and What it Means, Carol Ungar, Brandeis University Press, 2005, pg 25.

Yana qarang Ptitim Lokshen Çorbalık kesme Tarhonya

Manbalar

Havolalar Oshpazlar tezaurusi: Uvoqlar (8-rasm)

Turkum:Ashkenaz yahudiy taomlari

Turkum:Idish soʻz va iboralari Turkum:Pasta turlari