Nikola Bartůňková (2006-yil 25-fevralda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. 2026-yil 2-mart kuni yakkalik yoʼnalishida WTA reytingida 101-oʻringa, juftlik bahslarida esa 2023-yil 14-avgust kuni 320-oʻringa koʻtarilgan. Bu uning sport faoliyati davomidagi eng yuqori koʼrsatkichlari hisoblanadi.
Sport faoliyati 2021–24: WTA debyut, 6 oylik doping taqiqi 2021-yil aprel oyida Istanbul kubogi turnirida Bartůňková WTA turiga yoʼllanma olish uchun saralash oʼyinlarini oʼtkazdi. U saralash bosqichining birinchi davrasida jahon reytingida 152-oʻrinda turgan Leoni Kyungni magʻlub etdi. Biroq keyingi uchrashuvda Anastasia Gasanovaga oʼyinni boy berdi. Sportchi oradan bir yil oʼtib, aynan shu turnirda WTA turga ilk bor yoʼllanma oldi. Musobaqada raqibi Anastasiya Potapovaga oʼyinni boy berdi.
2023-yil 16-oktyabr kuni Bartůňková oʻzining WTA turdagi ilk gʻalabasini 2023-yilgi Transilvaniya Ochiq chempionatida amalga oshirdi. Tennischi birinchi davrada Dayana Yastremskani magʻlub etishga muvaffaq boʼldi, biroq ikkinchi davrada 3 soatlik uchrashuvda Ana Bogdanga yutqazdi.
2024-yil noyabr oyida Bartůňková dopingga qarshi qoidalarni buzganligi sababli olti oyga musobaqalardan chetlatildi. Ushbu jazo 2024-yil aprel oyidan boshlab hisoblandi. Qoidabuzarlik 2024-yil boshida oʻtkazilgan ikki turnirda trimetazidine (TMZ) moddasini beixtiyor isteʼmol qilgani natijasida testda ijobiy natija qayd etilgani bilan bogʻliq. U 2024-yil may oyidan tekshiruv yakuniga qadar vaqtincha oʼyinlardan chetlashtirilgan edi Xalqaro tennis halollik agentligi (ITIA) TMZ manbai ifloslangan qoʻshimcha vosita boʻlganini va sportchi qasddan emas, beparvolik natijasida uni qabul qilganini tan oldi.
2025: WTA 125 finali va WTA Tour chorak finali, Top—150 Yanvar oyida Bartůňkováning tanaffusi tugagach, ilk uchrashuvlarini Osloda oʻtkazdi va W15 turnirida yarim finalga chiqib, Anouck Vrancken Peetersga oʼyinni boy berdi. Uning ikkinchi turniri — Sunderlandda oʼtkazilgan W35 musobaqasi boʼlib, Bartůňková ushbu musobaqada oʻzining sport faoliyatidagi toʻrtinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Oradan atigi bir hafta oʻtib, u Glazgoda boʼlib oʼtgan W35 turnirida ham finalga chiqishga erishdi. Iyul oyida Bartůňková ayollar oʼrtasida 2025-yilgi Hechingen ochiq chempionati uchun saralash bosqichidan oʻtdi. Sportchi top–100 talikka kiruvchi tennischilar — María Lourdes Karlé va Julia Grabherni magʻlub etib, oʻzining ilk W75 chempionligini qoʻlga kiritdi. Sentyabr oyida Bartůňková Guadalajara 125 ochiq turniriga yoʼllanma oldi va ikkinchi davrada oʼyin finalchisi Panna Udvardyga magʼlub boʼldi. Keyingi haftada tennischi yana Guadalajara shahrida boʼlib oʼtgan WTA 500 toifasidagi Guadalajara Open Akron turniriga yoʼl olib, asosiy toʻr bahslaridan joy oldi. Asosiy toʼr doirasidagi ikkinchi WTA turi gʻalabasini Nicole Fossa Huergo ustidan qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, yana bir chexiyalik tennischi Darja Viďmanováni magʻlub etib, ilk bor WTA turi chorak finaliga yoʼl oldi. Chorak final bahsida esa amaldagi chempion Magdalena Fręchni taslim etdi. Biroq sportchi yarim finalda uch set davom etgan uchrashuvda boʻlajak chempion Iva Jovicga magʼlub boʼldi . Natijada, Bartůňková 2025-yil 15-sentyabr kuni jahon reytingida 80 pogʻonaga koʻtarilib, 144-oʻrinni egalladi va ilk bor top-200 talikka kirishga muvaffaq boʼldi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar