Adela Milčinović (; 14-yanvar 1878 — 18-iyul 1968) xorvat feminist yozuvchi, dramaturg, jurnalist va saylov huquqi uchun kurashchi boʻlgan.

Hayoti Adela Milčinović 14-yanvar 1878-yilda onasi Ludmillaning nikohdan tashqari tugʻilgan qizi sifatida, Avstriya-Vengriya imperiyasidagi (hozirgi Xorvatiya) Xorvatiya-Slaveniya qirolligi Sisak shahrida tugʻilgan. U 1896-yilda Zagrebdagi Mehribonlik opa-singillari monastirida oʻqituvchilik malakasini olgan. Shundan soʻng, u Gamburg va Leipzigda sanʼat tarixi boʻyicha tahsil oldi.

1899-yilda u Zagreb universitetida oʻqiyotgan va oʻqituvchi boʻlgan Andrija Milčinovićga turmushga chiqqan. Shundan keyin, er-xotin Andrija Milčinović oʻqituvchi sifatida ishlagan Zdentsiga koʻchib oʻtishdi. 1902–1904-yillar orasida ular Germaniyada yashashdi, soʻng 1904-yilda Zagrebga qaytishdi, bu yerda uning eri oʻqishini tugatdi va Sanʼat va hunarmandchilik muzeyi xodimi boʻldi. Ularning ikki qizi boʻlgan va ular taxminan 1915-yilda ajrashishgan. Milčinović Birinchi jahon urushi davrini ishgʻol gazetasida — Belgrad yangiliklarida (, ) ishlash bilan oʻtkazdi.

U 1918-yilda Zagrebga qaytib, Serb, xorvat va slovenlar qirolligi Milliy ayollar ittifoqida () kotiba boʻlib ishlaydiJakobović-Fribec, pp. 340–42. 1930-yillarda u Nyu-York shahriga koʻchib oʻtadi va 1968-yilda vafotigacha u yerda yashadiJakobović-Fribec, pp. 340–42.

Faoliyati Adela Milčinović Uy oʻchogʻi () jurnaliga maktub yozgan, unda „u yaxshi ifodalangan feministik tanqidni bayon etib, ayollarning jamoat hayotidan chetlashtirilishini qoralagan va yangi estetika haqidagi oʻz qarashlarini bayon qilgan“Jakobović-Fribec, p. 340. 1903-yilda Germaniyada yashab turgan paytda, Milčinovićlar birgalikda Toʻgʻon ostida () nomli hikoyalar toʻplamini nashr etishadi va Adela Zagrebdagi Millat () gazetasi uchun ham maqolalar yozadi.

Tanlangan asarlari Toʻgʻon ostida (, 1903; hammuallif — Andrija Milčinović). Jonni (, 1905) Dragoyla Yarnevich (1907) Baxtsiz (, 1912) Soyadagilar (, 1919) Xonim doktor (, 1921)

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Xorvatiyalik ayol huquqlari faollari