Linda Fruhvirtová (2005-yil 1-mayda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. 2023-yil 26-iyunda yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 49-oʻringa, 2023-yil oktyabr oyida juftlik bahslari boʻyicha WTA reytingida 187-oʻringa koʻtarilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkichlari hisoblanadi. Yakkalik bahsi boʻyicha ilk unvonini 2022-yilgi Chennai Ochiq chempionatida qoʻlga kiritgan.

Tavalludi va yoshligi Linda Fruhvirtová 2005-yil 1-mayda Chexiyaning Praga shahrida tugʻilgan. Uning 2007-yilda tugʻilgan singlisi Brenda Fruhvirtová ham tennis sporti bilan shugʻullanadi. Linda va Brenda Fruhvirtoválar Patrick Mouratoglou jamgʻarmasi stipendiyasi sohibalari hisoblanishadi. Linda 2017-yildan beri Fransiya janubida joylashgan Mouratoglou Tennis Akademiyasida mashgʻulot olib boradi. Sportchi 2021-yil yanvar oyida Evert Tennis Akademiyasida ham sport mashgʻulotlarini oʻtagan.

Sport faoliyati Oʻsmirlar 2019-yilda oʻsmirlar darajasida Fruhvirtová Petits As turnirida ishtirok etib, ham yakkalik, ham juftlik bahslarida gʻoliblikni qoʻlga kiritganLinda Fruhvirtová bio. Uning singlisi Brenda esa keyingi yili xuddi shu musobaqaning yakkalik oʻyinlari chempionligiga sazovor boʻlgan va opa-singillar bir xil turnirda ketma-ket ikki yil davomida gʻalaba qozongan birinchi oila vakillariga aylanishgan.

Linda Fruhvirtová ITF oʻsmirlar reytingida 2021-yil 13-dekabrda jahon boʻyicha 2-oʻringa chiqishga muvaffaq boʻlgan.

2020–21: WTA Tur va ilk bor 300 talikda Fruhvirtová oʻzining WTA Tur asosiy toʻr bahslaridagi debyut ishtirokini 2020-yilgi Praga Ochiq chempionatida oʻtkazdi. Sportchi musobaqaning yakkalik va juftlik turnirlariga yoʻllanma olgan edi. Shuningdek, u 2021-yilgi Miami Ochiq turniri saralash bosqichi uchun ham yoʻllanma olgan va birinchi davrada Nina Stojanovićga qarshi oʻyinni boy bergan. Aprel oyida tennischi WTA 250 toifasidagi MUSC Health Open turnirining asosiy toʻr bahsiga taklif qilindi. Ushbu musobaqada Fruhvirtováning raqibi Alizé Cornet uchinchi setda maydondan chetlatilgach, Fruhvirtová oʻzining ilk WTA musobaqasi yakkalik bahsidagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Keyingi bosqichda u navbatdagi raqibi Emma Navarroni ham setlarni boy bermagan holda magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Biroq final oʻyini gʻolibi boʻlgan Astra Sharmaga qarshi oʻyinda Fruhvirtová magʻlubiyatga uchradi. 2021-yil 19-aprelda atigi 15 yoshida Linda Fruhvirtová jahon reytingida 138 pogʻona yuqorilab, 361-oʻringa koʻtarilgan holda kuchli 400 talikdagi sportchilar ichida eng yosh tennischiga aylangan. Sportchi yana bir WTA 250 turnirida ishtirok etdi. Ushbu musobaqada raqibi Tara Moore ustidan gʻalaba qozongan. Biroq keyingi bosqichda Magda Linettega magʻlub boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar