Shamil Gazisovich Yafarov (; 1950-yil 25-iyulda tugʻilgan) — sovet sobiq futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Biografiyasi Yozuvchi va jurnalist Mavlon Shukurzoda Yafarov haqida yozishicha, u maxsus futbol maktabini ham, maktab-internatni ham tugatmagan. Idgay Tazetdinov uni koʻchada toʻpni tepayotganini payqagan va oʻz jamoasiga taklif etganShamil Yafarov 70 yoshga toʻldi! (yandexwebcache.net). 1969—1970-yillarda Toshkent viloyatining „Politotdel“ jamoasida oʻynagan. 1973—1975-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida oliy ligada 38 ta oʻyinda ishtirok etgan, 1976—1977-yillarda birinchi ligada 38 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1977—1980-yillarda Gulistonning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan.

2010-yil fevral oyida Toshkent viloyati futbol federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlangan.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi aʼzosi. II darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni bilan taqdirlangan (2021)Toʻlagan Isoqov, Vladimir Shtern va Shamil Yafarov faxriy unvonlar bilan taqdirlanishdi (yandexwebcache.net).

Shaxsiy hayoti Oʻgʻli Timur ham futbolchi boʻlgan va yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Shamil Yafarov Footballfactsru saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari