Alexa Nisenson (2006-yil 8-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. AMC telekanalida namoyish etilgan Fear the Walking Dead (2018–2023) teleserialida Charlie obrazini ijro etishi orqali mashhurlikka erishgan.
Faoliyati Nisenson aktrisalik faoliyatini sakkiz yoshida boshlagan va 2015-yilda NBC telekanalidagi Constantine serialida Geraldine Chandler rolini ijro etib, telivideniyada debyut qilgan.
2016-yilda u Middle School: The Worst Years of My Life filmida suratga tushib, badiiy film sohasidagi debyutini amalga oshirgan. Ushbu filmda ijro etgan roli uchun aktrisa 2017-yilda Young Artist Award marosimida Eng yaxshi ikkinchi darajali yosh aktrisa nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
Keyinchalik u Fist Fight filmida, shuningdek Good Behavior va Will & Grace teleseriallarida rol ijro etgan.
2018-yilda u Fear the Walking Dead teleserialida Charlie obrazini ijro eta boshlagan. Dastlab toʻrtinchi mavsumda epizodik qahramon sifatida paydo boʻlgan boʻlsa, beshinchi mavsumdan boshlab asosiy aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan va yettinchi mavsum oxirigacha muntazam tarzda rol ijro etib kelgan. 2023-yilga kelib esa serialning sakkizinchi mavsumida qisqa muddatli qaytish qilgan.
Shu bilan birga, 2018–2023-yillarda u Cartoon Network telekanalidagi Summer Camp Island animatsion serialida Alexa Mongello obraziga ovoz bergan.
2018-yilda esa Orphan Horse filmida bosh rol — Shellyni ijro etgan. Nisenson bu filmda Jon Voight bilan birga suratga tushgan.
Keyinchalik aktrisa 2024-yilda Discovering Dad serialida Jess obraziga ovoz bergan, 2025-yilda esa CBS telekanalidagi NCIS serialida yosh Harriet Parker rolini ijro etgan.
Filmografiyasi
Filmlar Yil Film Rol Izoh 2016 Middle School: The Worst Years of My Life Georgia Khatchadorian 2017 Fist Fight Ally Campbell 2018 Orphan Horse Shelly
Seriallar Yil Serial Rol Izoh 2015 Constantine Geraldine Chandler 1-qism: „Quid Pro Quo“ 2017 Good Behavior Apple 2-qism 2018 Will & Grace Young Karen 1-qism 2018–2023 Fear the Walking Dead Charlie Ikkinchi darajali rol (4-mavsum)Asosiy rol(5–7) 2018–2023 Summer Camp Island Alexa Mongello Ovoz: 19-qism 2025 NCIS Yosh Harriet Parker 3-qism
Video oʻyinlar Yil Oʻyin Rol Izoh 2017 Farpoint Yosh Carol Anne Ovoz bergan
Mukofot va nominatsiyalari Yil Mukofot Yoʻnalish Film Natija 2016 Young Entertainer Award Eng yaxshi ansamblMiddle School: The Worst Years of My Life 2017 Young Artist Award Eng yaxshi ikkinchi darajali yosh aktrisa
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Floridalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar