Valentini Grammatikopoulou (; 1997-yil 9-fevralda tugʻilgan) — gretsiyalik tennischi. 2022-yil 22-avgustda yakkalik bahslari boʻyicha dunyo reytingida 143-raqamga koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan. 2024-yil 15-iyulda esa juftlik yoʻnalishi boʻyicha reytingda 97-oʻrinni band qilgan. WTA Challenger Tur musobaqalarida yakkalik va juftlik yoʻnalishida bittadan unvonni qoʻlga kiritgan. Shuningdek Xalqaro tennis federatsiyasi ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik yoʻnalishida 15 marta va juftlik yoʻnalishida 34 marta gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Tennis musobaqalarida Gretsiya sharafini himoya qilgan Grammatikopoulou Billie Jean King kubogi musobaqasida jami 26 ta oʻyinda gʻalaba qozongan va 17 ta oʻyinda magʻlub boʻlgan (2025-yil iyul holatiga koʻra).

Sport faoliyati Ulrikke Eikeri bilan birga juftlik bahslarida ishtirok etgan Grammatikopoulou WTA turi doirasida ilk 2021-yilgi Lozanna ochiq turnirida finalga qadar yetib borgan. Biroq chempionlik uchun kechgan bahsda Susan Bandecchi va Simona Waltertga qarshi oʻyinda oʻyinni boy bergan.

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gretsiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr gretsiyalik ayol sportchilar