Maykl Ben David (, ; 1996-yil 26-iyulda tugʻilgan) — isroillik qoʻshiqchi.

Maykl nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022da ishtirok etgan. Xonanda tanlovning ikkinchi yarim finalida „I.M“ qoʻshigʻini ijro etgan. Isroil yarim finalda 13-oʻrinni egallab, final bosqichiga yoʻllanma ololmagan.

Hayoti va faoliyati

Ben David 1996-yilda olti farzandli oilaning ikkinchi farzandi sifatida tugʻilgan. Uning otasi gruzin yahudiyi, onasi esa Ukrainaning Kyiv shahridan Isroilga koʻchib kelgan muhojir hisoblanadi.

David yoshligidan vokal darslari oʻrgangan va isroillik xoreograf Oz Morag rahbarligida raqs bilan shugʻullangan. Shuningdek, Tel-Avivdagi barlardan birida qoʻshiq kuylovchi ofitsiant sifatida ishlagan. majburiy harbiy xizmatni oʻtagach, u Beit Zvi sahna sanʼati maktabida tahsil olgan. Mazkur oʻquv yurtini ilgari Rita, Shiri Maimon va Harel Skaat kabi Isroilning Eurovision ishtirokchilari ham tamomlagan. Ben David 2020-yilda ushbu maktabni bitirgan. Oʻqish davrida u spektakl va myuzikllarda rol ijro etgan.

Isroilda X Factor va Eurovision 2022

2021-yil oktyabr oyida Michael Ben David X Factor Isroilning toʻrtinchi mavsumi uchun qatnashgan. Ushbu mavsum Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022da Isroil vakilini aniqlash uchun xizmat qilgan. Muvaffaqiyatli tinglovdan soʻng u Eurovision gʻolibi va isroillik pop yulduzi Netta jamoasiga biriktirilgan.

Shou davomida Maykl bir qator mashhur qoʻshiqlarni ijro etgan, jumladan ABBAning „Gimme! Gimme! Gimme! (A Man After Midnight)“, Billie Eilishning „Idontwannabeyouanymore“ hamda Pet Shop Boys guruhining „It's a Sin“ qoʻshiqlarini kuylagan. Yakunda Ben David oʻzining „I.M“ qoʻshigʻi bilan tanlov gʻolibiga aylangan va Isroil nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022da ishtirok etgan.

+ X Factor Isroildagi chiqishlariQoʻshiqAsl ijrochiTinglov"Juice"Lizzo"Ima" ()Miri MesikaStullar bosqichi"California Dreamin'"The Mamas & the PapasJonli efirlar"It's a Sin"Pet Shop Boys"Emor Shalom" ()Shokolad, Menta, Mastik"Etz Yarok MiPlastic" ()Margalit Tzan'ani"Gadal Li Ktzat Zakan" ()Eden Hason"Efes Maʼamatz" ()Static & Ben El feat. Netta Barzilai"Boʻer Bi HaShinuy" ()Marina Maximilian"Gimme! Gimme! Gimme! (A Man After Midnight)"ABBA"Idontwannabeyouanymore"Billie EilishQoʻshiq tanlovi"I.M"Maykl Ben David"Donʼt"Final"Shnei Meshugʻaim" ()Omer Adam"I.M"Maykl Ben David

Manbalar