Nazgul Serikovna Boranbayeva (; 27-iyul 1985-yilda tugʻilgan) — qozogʻistonlik bokschi.
Faoliyati Ostona boks maktabi tarbiyalanuvchisi. Murabbiyi — otasi Boranbayev Serik Yerikovich (Qozogʻiston Respublikasida hızmat koʻrsatgan murabbiy).
2006-yilda Ostonadagi gumanitar kollejni jismoniy tarbiya mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 2010-yilda Qozogʻiston turizm va sport akademiyasini (Boks va Sharq yakkakurashlari fakulteti) tamomlagan. Boks va kikboksing boʻyicha xalqaro miqyosdagi sport ustasi. Jahon chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori (Hindiston — 2006-yil, Barbados — 2010-yil).
Ostonada 2010-yilgi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 2006–2010-yillarda Qozogʻiston Respublikasi terma jamoasi kapitani boʻlgan. 2010-yilda oila qurgan, 4 nafar farzandni tarbiyalamoqda.
Opasi Aliya va Nargul — kikboksing boʻyicha Gretsiyadagi jahon chempionlari (2003-yil), Serbiyadagi jahon chempionatining bronza medali sovrindorlari (2007-yil). Boks boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi sport ustalari hamda kikboksing boʻyicha xalqaro miqyosdagi sport ustalari.
Manbalar
Turkum:27-iyulda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻiston kikboschilari Turkum:Qozogʻistonlik ayol bokschilar