Melissa Paula Carlton (1978-yil 8-mayda tugʻilgan) — Janubiy Afrikada tugʻilgan avstraliyalik suzuvchi. Oʻng oyogʻi yoʻq hamda chap qoʻl barmoqlari qisqa holda dunyoga kelgan Carlton 1996-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari va 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Avstraliya terma jamoasi tarkibida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Carlton 1978-yil 8-mayda Janubiy Afrikaning Piyetermaritsburg shahri dunyoga kelgan. U 1986-yilda oilasi bilan Avstraliyaga koʻchib oʻtgan. Ular dastlab Viktoriyaning Bichvort shaharchasiga joylashishgan va u yerda Carlton mahalliy maktab suzish musobaqalarida qatnasha boshlagan. 1990-yilda ular Xobartning Glenorchi shahar atrofidagi hududiga koʻchib oʻtishgan. Shundan soʻng Carlton Glenorchi shahri suzish klubiga (hozirgi Hobart Aquatic Club) aʼzo boʻlgan va u yerda butun Paralimpiya faoliyati davomida unga murabbiylik qilgan Chris Wedd bilan tanishgan.
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Avstraliya sportchilari