thumb|Bazilika - Licheń, Polsha thumb Bazilika (yun. basilike — shohona bino) — tarh (plan)da choʻziq toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi katta mahobatli bino. Ichki qismi qator ustunlar bilan uzunasiga ketgan bir necha (asosan 3 yoki 5) qism (nef)larga boʻlingan. Oʻrtadagi qism B.ning asosiy xonasi hisoblanganligi tufayli yonidagilardan balandroq va kengroq boʻlgan, tepasidan darchalari orqali ichkari yoritilgan. Qad. Rimdagi B.lardan sud va savdo idorasi sifatida foydalanilgan, keyinchalik dastlabki xristian ibodatxonalarining asosiy turi boʻlgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Binolar va inshootlar