Noil Qodirovich Abubakirov (3-may 1919, Qoʻqon — 6-dekabr 1998, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979). Kimyo fanlari direktori (1961), professor (1964), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1941). Oʻzbekiston fanlar akademiyasi kimyo institutida ilmiy xodim (1946-1956), Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida direktor oʻrinbosari (1956-1965, 1980-1983), shu institut glikozidlar kimyosi laboratoriya mudiri (1956-90), 1990-yildan bosh ilmiy xodim. Abubakirov rahbarligida yurak glikozidlari — strofantin va uzargenlar sintez qilindi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967)"Abubakirov Noil Qodirovich" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Kimyogarlar Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:6-dekabrda vafot etganlar Turkum:3-mayda tugʻilganlar Turkum:Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari