Shaxidi-Aʼlo jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Yangisor mahallasida joylashgan masjid. 1998-yil 17-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi Masjid binosi 1995-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 1000 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2023-yildan buyon masjidga yangi bino qurilishi amalga oshirilmoqda.

Masjidga uzoq yillarda buyon Adhamjon Tojiboyev imomlik qilib kelmoqda. Manbalar

Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Jalaquduq tumanidagi masjidlar